Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Arktikada mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Olam
−
01 iyul 2023
5979Rossiya Shimoliy floti Arktika zonasida bir qator mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni flot matbuot xizmati xabar berdi.
"Yozgi mashg‘ulot davrida Kolskaya flotiliyasining harbiy kemalarini o‘z ichiga olgan Shimoliy flotning Arktika guruhi o‘n ikkinchi Arktika kampaniyasini o‘tkazadi hamda qit’a qirg‘oqlari, Shimoliy Muz okeani suvlari va orollarda bir qator taktik mashqlarni ishlab chiqadi”, deyiladi bayonotda.
Bildirilishicha, Shimoliy flotning asosiy tuzilmalaridan biri bo‘lgan Kolskaya flotiliyasining tashkil topganiga bugun, 1 iyul kuni 41 yil to‘lgan. Hozirda flotiliyaning kemalari Barens dengizining qirg‘oq suvlaridagi akvatoriyani himoya qilib, shimoliy dengizlar va jahon okeani hududlari bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirmoqda.
Shuningdek, flotiliya tarkibiga katta suv osti kemalariga qarshi tuzilmalar, suv osti brigadasi, alohida qirg‘oq raketa brigadasi va ta’minot qismlari ham kiradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i, admiral Maykl Gilday Pentagon ham global raqobat maydoniga aylanib borayotgan Arktikaga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi ekanini va u yerda xalqaro harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirgandi.
LiveBarchasi