Rossiya hali Trampdan signal olgani yo‘q – Peskov
Olam
−
27 yanvar
2284Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar masalasida Vashington hozircha Moskvaga murojaat qilmadi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Kreml vakili ikki davlat rahbarlari o‘rtasida suhbatni tashkil etishga tayyorligicha qolayotganini yana bir bor ta’kidlagan.
“Hozircha biz amerikaliklardan hech qanday signal olmadik. Shuning uchun, ular aytganidek, o‘z jadvalimiz bo‘yicha ishlaymiz. Faqatgina bir xabar kerak. Xuddi shu xabar Amerika tomonida qolmoqda. Ko‘rinishidan, bu biroz vaqt talab etadi”, degan Peskov.
Qolaversa, u rahbarlar qachon maqsadga muvofiq vaqt topsa, shundagina ikki o‘rtada muhokama bo‘lishini aytib o‘tgan.
“Qoidaga ko‘ra, bu davlat rahbarlari tomonidan bunday suhbatni tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblagan paytda muhokama qilinadi", degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy rahbari urushni bahorgacha Ukraina uchun qulay shartlarda yakunlashni maqsad qilgani haqida xabar berilgandi. 24 yanvar kuni esa Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan telefon orqali bo‘lgan muloqotda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muloqotga tayyor ekanini aytgan edi.
LiveBarchasi
28 yanvar