Rossiyaning Bryansk viloyatida qisman favqulodda holat joriy qilindi

Olam

image

Rossiyaning Bryansk viloyati hokimiyati Klimovskiy tumani hududida Ukraina Qurolli kuchlari o‘qqa tutganidan so‘ng favqulodda holat joriy qildi. Bu haqda viloyat rahbari Aleksandr Bogomaz “Rossiya-24” telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat zarar ko‘rgan uylarni tiklashda barcha zarur yordamni ko‘rsatish niyatida. 

“Bugun qaror qabul qilindi - biz odamlarga yordam beramiz. Ta’mirlash kerak bo‘lganlar uchun - derazalari singan yoki shifer singan yoki tomi singan bo‘lsa, biz uylarni tiklaymiz”, degan Bogomaz.

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, otishma natijasida sakkiz kishi, jumladan, 1 yosh 9 oylik bola jarohatlangan. Viloyat rahbarining aytishicha, chaqaloq boshidan jarohat olgan. 

Unga ko‘ra, Ukraina bilan chegaradan 15-20 km uzoqlikda joylashgan barcha maktablar masofaviy ta’limga o‘tkazilgan.

Kecha, 14 aprel kuni ertalab Bogomaz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina Qurolli Kuchlari Klimovo qishlog‘ini o‘qqa tutishi natijasida ikkita turar-joy binosi vayron bo‘lgani, aholi orasida qurbonlar borligi va barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini yozgan edi.

O‘sha kuni FSB chegara bo‘limi bir kun avval Bryansk viloyatining Klimovskiy tumanida joylashgan “Nove Yurkovichi” nazorat-o‘tkazish punkti minomyotdan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. O‘qqa tutilgan vaqtda 30 nafar ukrainalik qochqin chegarani kesib o‘tgan. Idora qurbonlar haqida xabar bermagan.

11 aprel kuni Bryansk viloyatida terrorchilik tahdidining yuqori darajadagi joriy etildi. Rejim 25 aprelga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

711

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing