Rossiyada o‘zbekistonliklar YTHga uchradi
Olam
−
07 Sentabr 2019 7049 1 daqiqa
Joriy yilning 5 sentyabr kuni Rossiyaning Ryazan viloyati Mixaylov tumanidan o‘tuvchi M-5 (P22 “Kaspiy”) trassasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik Ch.Y. voqea joyda vafot etgan. 7 nafar o‘zbekistonlik turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri reanimatsiyada, ahvoli o‘rtacha. Qolgan jarohatlanganlarning hayoti xavf ostida emas.
Hozirda elchixonaning konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat va shifokorlar bilan aloqa o‘rnatgan. Shuningdek, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025