Rosaviatsiya O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

Olam

image

Rossiya aviakompaniyalariga 24 ta davlatga doimiy parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Rosaviatsiya tegishli qarorni qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ro‘yxatda hozirgacha muntazam parvozlar tiklanmagan davlatlar ham bor.

Xorijiy parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, BAA, Turkiya, Tanzaniya, Ozarbayjon, Armaniston, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kipr, Xitoy, Malta, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Chexiya va O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi.

Shuningdek, endilikda tashuvchilar Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Ispaniya, Fransiya va Kubaga charter qatnovlarini amalga oshirishi mumkin.

Rosaviatsiyaning ta’kidlashicha, bu hujjat muntazam aviaqtnovlarni tiklashni anglatmaydi.

“Ruxsat – bu aviakompaniyalarning parvozlarni tiklashda foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqi”, deyiladi tashkilot xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

aviaqatnov

Baholaganlar

646

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing