Ronaldu JCHda zaxira o‘yinchisi bo‘lishga rozi bo‘ldi – OAV 

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati oldidan kutilmagan qaror qabul qildi. U mundialda zaxira o‘yinchisi bo‘lishga ham rozi bo‘lmoqda. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi sardori yaqinlashib kelayotgan mundialda asosiy tarkibdan kafolatlangan joy talab qilmayapti. 41 yoshli hujumchi turnirni zaxira o‘yinchisi sifatida boshlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda. 

Ronaldu terma jamoa bosh murabbiysi Roberto Martinezning har qanday qarorini qabul qilishga tayyor. Futbolchi shaxsiy ambitsiyalardan ko‘ra jamoa manfaatlarini ustuvor qo‘yayotgani ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralashda “F” guruhida 13 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallagan holda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Portugaliya Jahon chempionati O‘zbekiston va Kolumbiya bilan birga “K” guruhdan joy olgan. Uchinchi raqib esa qit’alararo pley-off yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing