Ronaldusiz MYU kubok o‘yinida g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 11 yanvar kuni Angliya kubogi 1/32 final bosqichi doirasida “Manchester Yunayted” “Aston Villa”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol birinchi bo‘lim boshida kiritildi. 8-daqiqada Fredning uzatmasidan so‘ng, yarim himoyachi Skott Maktominay gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, “Qizil iblislar” Angliya kubogining 1/16 finaliga yo‘l oldi, “Aston Villa” esa turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Krishtianu Ronaldu ushbu uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnik esa bunga izoh berdi:

“Kechagi mashg‘ulotlar oldidan Krishtianu bilan gaplashdim. U oxirgi 1-2 kun ichida sog‘ligida biroz muammoalar his etayotganini aytdi. Shuning uchun 120 daqiqa davom etishi mumkin bo‘lgan kubok o‘yinida tavakkal qilmaslikka qaror qildik”

Eslatib o‘tamiz, kecha 10 yanvar kuni Ronaldu “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Angliya kubogining amaldagi g‘olibi “Lester” hisoblanadi. “Tulkilar” o‘tgan yilgi finalda “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Aston Villa Rangnik

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing