Ronalduning transferi uchun pivo va pirog taklif qilindi

Sport

image

Shimoliy Premer-liga divizioni vakili "Blayt Spartans" klubi hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi uchun "Manchester Yunayted"ga bir pint pivo (≈ 0,568 litr) va pirog taklif qildi. 

14 noyabrga o‘tar kechasi 37 yoshli portugaliyalik intervyusining bir qismi e’lon qilindi va intervyuda u hozirgi klubi, bosh murabbiy Erik Ten Xagni tanqid qilgani ma’lum bo‘ldi. Krishtianu, shuningdek, Xag, "qizil iblislar"ning sobiq murabbiyi Ralf Rangnik va sobiq jamoadoshi Ueyn Runining tanqidlariga javob qaytardi.

Avvalroq, Krishtianu Ronalduning vakillari "Manchester Yunayted" bilan 2023 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomani bekor qilish ustida ish olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Ronalduning jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusining to‘liq versiyasi 16 noyabr kuni e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made