Ronalduning terma jamoadagi gollari soni 130 taga yetdi

Sport

image

Bugun, 12 iyunga o‘tar kechasi Yevro-2024 turniridan oldin, Portugaliya terma jamoasi Irlandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Dastlab, 18 daqiqada “Barselona” klubi futbolchisi Joau Felish hisobni ochgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 50 va 60 daqiqalarda dubl qayd etdi.

Shu tariqa, Ronaldu o‘zi oltinchi marotaba ishtirok etadigan Yevropa chempionatidan oldin, terma jamoadagi gollari sonini 130 taga yetkazib oldi. Bu jabhada besh karra “Oltin top” sohibi mutlaq rekordchi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu Yevro-2024 turnirida ishtirok etuvchi yoshi katta futbolchilar ramziy jamoasiga kiritilgandi.

Xabibulloh Rayimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made