Ronalduning rasmiy o‘yinlardagi gollari 902 taga yetdi

Sport

image

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana gol urdi. 20 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda portugaliyalik futbolchi “Al-Ittifoq” darvozasini ishg‘ol qildi.

Forvard 33-daqiqada penaltini golga aylantirdi. “Al-Nasr”ning yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli uchun debyutga aylangan uchrashuv ar-riyodliklar g‘alabasi bilan yakunlandi – 3:0. 

Ronaldu joriy mavsum boshlangandan beri klub va terma jamoa safida o‘tkazgan 8 ta o‘yinining yettitasida gol urdi va rasmiy o‘yinlaridagi gollari sonini 902 taga yetkazdi. 7 ta goldan tashqari mazkur uchrashuvlarda Krishtianu Ronaldu 2 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu futboldan ketgach nimani sog‘inishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made