Kurs UZS

USD

12 984.44

9.35

EUR

13 442.79

69.36

RUB

129.90

2.27

Ronalduning “Al-Nasr”da qolishiga sabab aniq bo‘ldi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro ligasidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar “Al-Nasr” Ronalduning maoshini oshirsagina, portugaliyalik hujumchi jamoada qolishi mumkin. Shuningdek, “Al-Hilol” ham forvard uchun taklif bilan chiqishga tayyor. Klub rahbarlari Neymarning foydasi tegmagach, Krishtianuni jamoaga olib kelish niyatida. “Al-Hilol” Ronalduga braziliyalikning maoshidan ko‘ra, 2 barobar ko‘proq maosh taklif qilmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronalduning “Al-Nasr”dagi maoshi yiliga 211 million dollarni tashkil etadi. 39 yoshli futbolchi Saudiya chempionati vakiliga 2023 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Krishtianu jamoa safida umumiy 90 ta o‘yinda maydonga tushib, 81 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ronaldu 75 million yevroga samolyot sotib olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Krishtianu Ronaldu Portugaliya Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing