Ronalduni ko‘rish uchun “Mrsul Park” stadioniga qancha muxlis yig‘ildi?

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 3 yanvar kuni Saudiyaning "Al-Nasr" klubi safida birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda Saudiyaning “Ash-Sharq al-Avsat” gazetasi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Ronalduning mashg‘ulotini ko‘rish uchun 25 ming muxlis "Mrsul Park" stadioniga yig‘ildi.

Saudiyalik muxlislar bilan suhbatda Ronaldu Yevropadagi missiyasini yakunlagani va endi to‘plangan tajribasini Osiyoda qo‘llash niyatidaligini aytgan. U "Al-Nasr" klubiga o‘z maqsadlari yo‘lida imkoniyat yaratib bergani uchun minnatdorlik bildirgan.

“Jahon futbolidagi vaziyat o‘zgardi, Saudiya termasi Qatardagi Jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi”, deydi hujumchi.

Ronaldu Portugaliya, Amerika va Avstraliyadan shartnoma tuzish bo‘yicha takliflar olgani, ammo Saudiya Arabistonida o‘ynashni afzal ko‘rganini aytdi. Muxlislarni hafsalasi pir qilmaslik va yaxshi natijalarga erishishga va’da berdi.

O‘z navbatida, "Al-Nasr" klubi prezidenti Musali Al Muammar Ronalduning borligi Saudiya sportiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi. 

“Portugaliyalik hujumchi bilan tuzilgan shartnoma jamoamiz va umuman Saudiya futboli mavqeini oshishiga xizmat qiladi”, deydi Al Muammar.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Al-Nasr" bilan 31 dekabr kuni 2,5 yillik shartnoma imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing