Ronalduga Saudiya klubiga o‘tish uchun kosmik maosh taklif qilindi

Sport

image
0:00
0:00
download

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TVI va “CNN Portugal” telekanallari xabar berdi.

Manbalarning qayd etishicha, nomi oshkor qilinmagan arab klubi rahbari Ronalduga dahshatli darajada katta mablag‘ taklif qilgan. Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” 30 million evro agentlar esa 20 million evro ishlab oladi. 37 yoshli futbolchining o‘ziga esa ikki mavsum uchun 250 million evro maosh beriladi. Biroq hozircha Ronaldu bu taklifni qabul qilishi yoki rad javobini berishi haqida ma’lumot yo‘q. 

Ommaviy axborot vositalarida yangrayotgan fikrlarga ko‘ra, Krishtianu “qizil iblislar”ning mavsum oldi mashg‘ulotlariga bormaganligining sababi – u boshqa klubga ko‘chib o‘tmoqchi. “Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Ronaldu uning rejalarida o‘rin olganligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, matbuot hujumchi klubini almashtirishi haqida yozmoqda. Portugaliyalik futbolchiga da’vogar sifatida “Chelsi”, PSJ va “Bavariya” kabi klublar tilga olinayotgan edi. Saudiya Arabistoni varianti ko‘pchilik uchun kutilmaganda paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. "Transfermarkt" portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

993

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing