Ronalduga Quinas de Platina sovrini topshirildi
Sport
−
12 noyabr 2024 9000 1 daqiqa
Kecha, 11 noyabr kuni “Al-Nasr”ning portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan Quinas de Platina sovrini bilan taqdirlandi.
Quinas de Platina – federatsiyaning eng nufuzli mukofoti. Krishtianu uni Portugaliya terma jamoasiga qo‘shgan hissasi uchun oldi.
Ma’lumot uchun, u milliy terma jamoa safida 216 ta o‘yin o‘tkazib, 133 ta gol urgan. Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatiga 2023 yil boshida ko‘chib o‘tgandi. Hujumchi va “Al-Nasr” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib ўtaмиз, avvalroq Ronaldu qishki transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.
“Al-Hilol” Neymar bilan shartnomani bekor qila olsa, yanvar oyida Krishtianuni olib kelishga harakat qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025