Ronaldu JCHning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi Irlandiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda Krishtianu Ronaldu terma jamoa safidagi ilk qizil kartochkasini oldi. Bu holat sabab Ronaldu Jahon chempionatining dastlabki uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Kecha, 13 noyabr oqshomida Portugaliya terma jamoasi Irlandiya bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Ronaldu Irlandiya himoyachisi Dara O’Shiga qarshi qo‘pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan dastlab sariq kartochka ko‘rsatildi, biroq VAR tavsiyasi bilan monitor orqali epizodni qayta ko‘rib chiqib, qarorni qizil kartochkaga o‘zgartirdi.

FIFA intizom kodeksiga ko‘ra, bunday epizodlar uchun kamida 1 ta o‘yin, agar qo‘pollik jiddiyroq baholansa, 2–3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya berilishi mumkin. Bu esa Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatining hech bo‘lmaganda birinchi o‘yinini o‘tkazib yuborish ehtimolini oshiradi.

Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martines hakamning bu qarorini haddan tashqari qattiq deb baholadi:

“Bu 226 o‘yinda biror marta ham chetlatilmagan sardorimiz. Men epizod aslida ko‘ringanidan xavfli deb o‘ylamayman. Burchak kamera uni tirsakdek ko‘rsatdi, lekin bu tirsak emas edi”, deydi Martines.

Portugaliya saralashda hali ham “F” guruhida Vengriyadan ikki ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa joriy yilning 16 noyabr kuni o‘z maydonida Armaniston bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahsdagi g‘alaba Ronalduga o‘zining oltinchi Jahon chempionatiga yo‘l olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati yakuniga yaqinlashayotganini ochiq tan olib, 2026 yilgi Jahon chempionati uning uchun so‘nggisi bo‘lishini tasdiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing