Ronaldu jahon rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional o‘yinlar soni bo‘yicha mutlaq jahon rekordini o‘rnatdi.

12 iyunga o‘tar kechasi Portugaliya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va bu o‘yinda 39 yoshli Ronaldu dubl qayd etdi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv hujumchi uchun prof darajadagi 1226-o‘yin bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u  1225 ta o‘yin o‘tkazgan Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Rojerio Senini ortda qoldirdi.

Umumiy hisobda, Ronaldu milliy chempionatlarda 698 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Portugaliyalik futbolchi kubok turnirlari va superkuboklarda 101 o‘yin o‘tkazdi. Krishtianu xalqaro klublar musobaqalarida 220 ta, Portugaliya terma jamoasida esa 207ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing