Ronaldu “jahl otiga mindi” (video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 11 mart kuni futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turi doirasida “Al-Nasr” safarda “Al-Ittihod” bilan kuch sinashib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng “Al-Nasr” sardori Krishtianu Ronaldu o‘z hissiyotlarini jilovlay olmadi. Hujumchi maydonni tark etar ekan, mezbon jamoa muxlislari “Messi” deya hayqirdi. Muxlislarning bunday provokatsiyasiga Ronaldu maysazorda yotgan plastik idishni tepish orqali javob qaytardi.

Ushbu uchrashuvdagi yagona gol braziliyalik hujumchi Romarinyo tomonidan kiritildi. G‘alabaga erishgan “Al-Ittihod” Saudiya chempionatida 47 ochko jamg‘arib, turnir jadvalda “Al-Nasr”ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu o‘yinda to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. Portugaliyalik futbolchi uchun bu “Al-Nasr”dagi ketma-ket ikkinchi golsiz o‘yin hisoblanadi.

Keyingi turda “Al-Ittihod” safarda “Al-Fat” jamoasi bilan o‘ynaydi, “Al-Nasr” esa o‘z stadionida “Abha” klubini qabul qiladi. Har ikki uchrashuv 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing