Ronaldu “Yunayted” tarixidagi eng zo‘r 10 ta futbolchi qatoriga kiritilmadi

Sport

image
0:00
0:00
download

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “FourFourTwo” talqini bo‘yicha “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatning 10 taligiga kiritilmadi. Ronaldu atigi 12-o‘rinni egallagan. 

Manbaga ko‘ra, uning ro‘yxatda yuqori o‘rinda bo‘lmaganiga yagona sabab Ronaldu o‘zining eng yaxshi yillarini boshqa klublarda o‘tkazganligidir.

“Manchester Yunayted” tarixidagi eng kuchli 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Rayan Giggz;

2. Bobbi Charlton;

3. Jorj Best;

4. Brayan Robson;

5. Erik Kantona;

6. Denis Lou;

7. Dunkan Edvards;

8. Piter Shmeyxel;

9. Ueyn Runi;

10. Pol Skoulz.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 330 ta o‘yin o‘tkazib, 142 ta gol va 71 ta golga assistentlik qilgan. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Yunayted

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing