Ronaldu yozda “Yuventus” bilan xayrlashishi mumkin 

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi mavsum oxirida Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin. 

Klubning bu qadamiga 36 yoshli portugaliyalik futbolchining juda katta maoshi sabab bo‘ladi. 

"Krishtianu Ronaldu mavsum oxirida "Yuventus"ni tark etishi mumkin. Uning shartnomasi 2022 yilda tugaydi, ammo uning maoshi (yiliga 31 million yevro) juda katta, shuning uchun klub yozda futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda", degan taniqli insayder Nikolo Skira Twitter'da. 

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda "Yuventus" Ronaldu uchun "Real"ga 117 million yevro to‘lagan. 

Portugaliyalik ushbu klub tarkibida 121 ta o‘yin o‘tkazib, 92 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Ronaldu

Baholaganlar

1347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing