Ronaldu yangi jamoasi bilan milliy bayramni nishonladi (video)
Sport
−
23 fevral 2023
8191Kecha, 22 fevral kuni “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z klubi bilan birgalikda Saudiya Arabistonining milliy bayramini nishonladi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
To‘rt kun davomida nishonlanadigan ushbu bayram munosabati bilan Al-Nasrning “Mrsool Park” stadionida marosim tashkil etilgan. Klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham jamoadoshlari bilan birga arablarning milliy liboslarini kiygan holda ushbu tadbirda ishtirok etgan. Futbolchi ushbu kun tafsiloti bilan o‘z Twitter sahifasida o‘rtoqlashdi.
“Saudiya Arabistoni tashkil topgan kun muborak. Ushbu bayramda ishtirok etish hayotimda alohida bir tajriba bo‘ldi”, deya yozib qoldirgan Ronaldu.
Ma’lumot o‘rnida, Saudiya Arabistoni 1727 yil 22 fevralda tashkil etilgan va har yili ushbu sana milliy bayram kuni sifatida nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Ronaldu va “Al-Nasr” klubi o‘rtasidagi shartnoma rasman 2022 yil yakunida imzolangan. Shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Ronaldu hozirga qadar o‘zining yangi klubida besh uchrashuvda maydonga tushib, ishonarli o‘yin namoyish etib kelmoqda.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi