Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi
Sport
−
31 yanvar 20002 1 daqiqa
30 yanvar kuni Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida “Al-Nasr” jamoasi safarda “Al-Raid”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda faoliyatidagi 921-golini urgan Krishtianu Ronaldu yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, afsonaviy portugaliyalik futbolchi tarixda klub miqyosida 700 ta g‘alabali o‘yinga erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
5 fevral kuni 40 yoshga to‘ladigan Ronaldu “Sporting”da 13, “Manchester Yunayted” bilan 214, “Real” bilan 316, “Yuventus”da 91 va “Al-Nasr” bilan 66 o‘yinda g‘alabaga erishgan.
“Al-Raid” bilan bahsda Ronaldu futbolchilik faoliyatidagi 1260-o‘yinini o‘tkazdi, penaltilarni hisoblamaganda 750-golini urdi. Shuningdek, Ronaldu futbol tarixidagi eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr