Ronaldu yana bir nechta klublarni aksiyalarini sotib olish niyatida – Romano
Sport
−
28 fevral 1155 1 daqiqa
Avvalroq, Krishtianu Ronaldu o‘zining investitsiya kompaniyasi orqali Ispaniyaning “Almeriya” jamoasining 25% ulushini sotib olgani xabar qilingandi. Portugaliyalik yulduz shu bilan cheklanmaydi va kelajakda boshqa loyihalar va klublarga ham sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Romanoga ko‘ra, “Almeriya”ga kiritilgan bu sarmoya Ronalduning kelajakdagi faoliyati uchun faqat boshlang‘ich nuqta bo‘lib, oxirgi qadam emas. Yangi qiziqarli imkoniyatlar paydo bo‘lsa, u dadil tarzda sarmoya kiritishga tayyor.
Qayd etish joiz, Ronaldu uzoq vaqtdan beri futbol maydonidan tashqarida ham faol. U bir nechta restoranlarga egalik qiladi, mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadi va kiyim-kechak, poyabzal, atir va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradigan CR7 brendini boshqaradi.
Ma’lumot uchun, Ronalduning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda 41 yoshli futbolchi 25 ta o‘yinda 22 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi