Ronaldu Ispaniya klubining ulushdori bo‘ldi
Sport
−
15:16 1418 1 daqiqa
“Al-Nasr” va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Almeriya” klubining 25 foiz ulushini sotib oldi. Bu haqda jurnalist Ben Yakobs xabar berdi.
“Men maydondan tashqarida ham futbolda o‘zgarishlar qilishni anchadan beri orzu qilardim. “Almeriya” – mustahkam poydevorga va o‘sish uchun aniq salohiyatga ega Ispaniya klubi. Klub rivojlanishining keyingi bosqichini qo‘llab-quvvatlash uchun rahbariyat bilan ishlashni intiqlik bilan kutaman”, deydi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, “Almeriya” 2025-26 yilgi mavsumni Ispaniya Segundasida o‘tkazmoqda va ayni paytda turnir jadvalida 27-turdan so‘ng 48 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “Rasing” esa shuncha o‘yindan 50 ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges Qizil dengiz markazida joylashgan The Red Sea Residences majmuasidan ikki hashamatli villa xarid qilgan edi.
Live
Barchasi