Ronaldu yana “Al-Nasr” tarkibiga kiritilmadi – OAV
Sport
−
18 fevral 3360 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduni Chempionlar ligasi 2 turniri doirasidagi “Arkadag‘”ga qarshi javob o‘yini uchun tarkibga kiritmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Speedline” nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, klub sardori va Portugaliya terma jamoasi yetakchisi bugungi, 18 fevral kungi o‘yinda ishtirok etmaydi.
Murabbiylar shtabi portugaliyalik hujumchini oldindan tarkibdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu qarorning sababi esa hozircha noma’lum.
Ta’kidlash joizki, Ronaldu Saudiya investitsiya jamg‘armasiga qarshi norozilik namoyishlaridan keyin bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan, jumladan, “Arkadag‘”ga qarshi safar uchrashuvini ham.
Shundan so‘ng Ronaldu tarkibga qaytgach, o‘zining birinchi o‘yinida bitta golga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston klubiga qarshi birinchi o‘yin “Al-Nasr”ning 1:0 hisobidagi kichik g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu yozgi transfer oynasida “Al‑Hilol”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.