Ronaldu o‘tishi mumkin bo‘lgan ikki klub nomi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image
0:00
0:00
download

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Tuttosport" xabar bergan. 

Manbaning xabariga ko‘ra, 36 yoshli portugaliyalik "byankonerilar" keyingi mavsumda Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, hozirgi jamoasini tark etmoqchi. 

Italiya chempionatidagi 33 turdan so‘ng "Yuventus" aktivida 66 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, "Napoli" va "Milan"da ham shunchadan ochko bor. Dastlabki to‘rt o‘rin Yevropaning asosiy musobaqasida o‘ynash huquqini beradi. 

Ronaldu asosiy yulduzi Kilian Mbappeni yo‘qotishi mumkin bo‘lgan Fransiyaning "Pari Sen-Jermen"i yoki u 2003 yildan 2009 yilgacha o‘ynagan Angliyaning "Manchester Yunayted"iga o‘tishi mumkin. 

Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va to‘rtta golli pas berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

3514

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing