Ronaldu uchun kurashga “Inter” ham qo‘shildimi? Klub direktori javob berdi
Sport
−
02 aprel
7283“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunida Saudiya klubini tark etishi mumkin, biroq portugaliyalik futbolchining xizmatlariga Italiyaning “Inter” klubi qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda “Tuttosport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “neradzurrilar” futbolchiga qiziqish bildirmayapti, chunki “Inter” bosh direktori Juzeppe Marottaning fikricha, Ronalduni sotib olish moliyaviy nuqtai nazardan qiyin.
Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 28 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.“Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi ham sobiq futbolchisini o‘z safiga qaytarishi mumkinligi xabar qilingandi.
Shuningdek, 40 yoshli Ronalduga klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi boshqa bir qator jamoalar ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar




