Ronaldu Turkiya va Suriyaga yordam samolyotini jo‘natdi

Sport

image

“Al-Nasr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turkiya va Suriyaga vayronkor zilziladan jabr ko‘rganlar uchun gumanitar yordam yuklangan samolyotni jo‘natdi. Bu haqda “dailymail.co.uk” sayti xabar berdi.

Ronaldu odamlar hayotini o‘zgartirib yuborgan fojiadan qattiq ta’sirlanganini aytgan. Shuning uchun ularga yordam berishga harakat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bortida chodirlar, oziq-ovqat, dori-darmon va choyshablar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida  7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida Qahramonmarash, Malatya, Shanliurfa va G‘oziontep viloyatlarida yuzlab binolar qulab tushdi. Avvalroq, turkiyalik futbolchisi Merih Demiral Krishtianu Ronalduning futbolkasini auksionga qo‘yib, tushgan mablag‘ni jabr ko‘rganlarga jo‘natishini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha fojiadan 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing