Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning 36 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sky sports”ga bergan intervyusida Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga javob berdi.

“Men klublarda uzoq vaqt o‘ynash uchun Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatimni tugatish haqida o‘ylayapmanmi? Yo‘q, nega o‘ylashim kerak? Menimcha, hali buning vaqti kelmadi. Ushbu masalada odamlar nimani xohlashlari muhim emas, muhimi men nimani xohlayotganim. Qachonki, yugurish, dribling ishlatish, darvoza tomon kuchli zarba berish qobiliyatim pasayganini his qilsamgina faoliyatimni yakunlayman. Shuning uchun davom ettirishni xohlayman, chunki menda hali ham motivatsiya bor”, deydi Ronaldu.

Shuningdek, Krishtianu Chempionlar ligasi tarixidagi rekordlarini yodga oldi:

“Oilam, muxlislarim, do‘stlarim va o‘z ishimni yaxshi ko‘raman va yanada oldinga intilishni xohlayman. Siz Portugaliya terma jamoasi haqida gapiryapsiz, lekin Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan, eng ko‘p g‘alaba qozongan va golli uzatmaga ega futbolchiman. Biroq, men davom etmoqchiman. Odamlarni xursand qilish yoqimli”.

Malumot uchun, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi 18 yildirki, “Oltin to‘p” uchun kurashib keladi va gol urishda davom etmoqda. Portugaliya tarkibida 115 ta gol urgan holda terma jamoalar miqyosida raqib darvozasini eng ko‘p ishg‘ol etgan futbolchiga aylandi. O‘tgan mavsumda esa A seriya va Yevro-2020 turnirlarining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ronaldu Portugaliya Millatlar ligasi

Baholaganlar

730

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing