Ronaldu tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Kecha, 9 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasining 9-turi doirasida “Everton” mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. “Qizil iblislar”ning g‘alaba goli Krishtianu Ronalduning hisobiga yozildi. 

Bu gol Ronalduning professional klublardagi 700-goli bo‘lib tarixda qoladigan bo‘ldi.

“Everton”ga qarshi o‘yindagi gol portugaliyalikning “Manchester Yunayted” uchun barcha musobaqalardagi 144-goli edi. Shuningdek, 37 yoshli futbolchi “Real” safida 450 ta, “Yuventus” uchun 101 ta va “Sporting” uchun 5 ta gol urgan.

Ronaldu o‘zining klublardagi 700-golini birinchi golidan 20 yil 2 kun o‘tib urdi. U o‘zining dastlabki golini “Sporting” safida kiritgan.

Qayd etish kerakki, joriy mavsum Ronaldu uchun o‘ta omadsiz o‘tmoqda. U APLning 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, atigi 1 ta gol kiritdi. Shuningdek, Ronalduning hisobida Yevropa ligasida urilgan yana 1 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2021 yildan beri “Yunayted” safida to‘p tepadi. U “qizil iblislar” safida 2003-2008 yillarda ham o‘ynagan. U 2009 yilda “Manchester Yunayted”ni “Real Madrid” bilan almashtirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing