Ronaldu singapurlik talabalar bilan tennis o‘ynadi

Sport

image

“Al-Nasr” hujumchisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu kecha, 3 iyun kuni Singapurdagi “Viktoriya Junior” sport kollejida talabalar bilan tennis o‘ynadi. Bu haqda u o‘zining Instgaram sahifasida ma’lum qildi.

Futbolchi u yerga uzoq yillik do‘sti va xayriyachi Peter Lim tomonidan moliyalashtirilgan 2 ta yoshlar stipendiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun borgan. Mazkur stipendiya 2011 yildan 2022 yilgacha 54 sport turi bo‘yicha 4402 nafar talaba-sportchilarga ajratilgan. Peter Lim bu uchun o‘z cho‘ntagidan 9,2 million AQSH dollari sarflagan.

Ronaldu tashrif chog‘ida Singapur madaniyat, jamiyat va yoshlar vaziri Edvin Tong va kadrlar vaziri Tan Zeye Leng bilan uchrashishdan oldin ikki talabaga qarshi tennis musobaqasida ham qatnashdi. 

“Unga qarshi o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritish men uchun aql bovar qilmaydigan natija. U meni juda ilhomlantiradi va bu meni mashg‘ulotlarda yaxshiroq ishlashga undaydi”, deydi Ronaldu bilan raqobatlasha olgan 17 yoshli Praksheta Kuppusami.

Shunindek, tashrif davomida Krishtianu va talabalar o‘rtasidagi savol javoblarga ham vaqt ajratildi. Futbolchi bilan suhbatlashish maqsadida kelgan mingdan ortiq talabalar 10 daqiqa ichida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Ronaldu talabalardan birining “2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etasanmi yoki yo‘q?”, degan savoliga ham javob berdi.

“Birinchidan, men keyingi mavsumda Yevropada o‘ynashni xohlayman. Qolganini esa vaziyatning o‘zi sizga ko‘rsatib beradi”, deya javob berdi Krishtianu. 

Ta’kidlash joiz, bu yanvar oyida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubiga 200 million AQSH dollari evaziga ko‘chib o‘tgan 38 yoshli Ronalduning Singapurga so‘nggi o‘n yil ichida beshinchi marta borishi hisoblanadi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tennis Ronaldu singapurlik talabalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing