Ronaldu Shvetsiya bilan o‘yinda Portugaliyaga yordam bera olmaydi
Sport
−
19 mart
2517Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu terma jamoasining Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines mart oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun 32 nafar futbolchini tarkibga jalb qilgan. “Al-Nasr” a’zosi Krishtianu Ronaldu ham tarkibga jalb qilingan, biroq forvard Shvetsiya bilan o‘yinda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.
Gap shundaki, terma jamoa oilasi bilan Saudiya Arabistonida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgan 39 yoshli futbolchiga biroz dam bermoqchi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga Sloveniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan qo‘shiladi. Portugaliyaning Sloveniyaga qarshi o‘yini 26 mart kuni bo‘lib o‘tadi.