Ronaldu Saudiya klubidan tushgan “kosmik” maoshni rad etgan

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu joriy yilning avgust oyida Saudiya Arabistoni klubidan katta moliyaviy taklif olgan. Bu haqda “Mirror” nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubi Ronalduga yiliga 240 million yevro maosh taklif qilgan. Bu esa Ronalduni avtomatik ravishda dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirardi. Biroq futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish variantidan voz kechgan.

Qay etish joizki, Ronaldu o‘tgan transfer oynasida “Yunayted” safini tark etishga rosa harakat qildi. Bunga MYUning joriy mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynamasligi sabab bo‘lgan. Biroq Yevropaning hech qaysi grand klubi 37 yoshli Ronalduni tarkibiga qo‘shib olishni xohlamadi. Natijada, Krishtianu 2002-2003 yilgi mavsumdan beri ilk marta Yevropa ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ta’kidlash lozim, Ronaldu joriy mavsumda, “Manchester Yunayted” o‘ziga berilgan o‘yin vaqtidan juda norozi bo‘lgani bois, baribir “qizil iblislar” safini tark etmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsumda MYU safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Portugaliyalik futbolchining  “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing