Ronaldu sardor bo‘lgan o‘yinda “Man Yunayted” mag‘lub  bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 3 yanvar kuni Angliya Premer ligasining 21-turi doirasida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Vulverxempton”ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Krigtianu Ronaldu jamoaga qaytganidan so‘ng, ilk marta MYUni sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Bu mankunianliklar uchun Ralf Rangnik murabbiy etib tayinlanganidan buyon, ilk mag‘lubiyat sifatida qayd etildi. 

Uchrashuv qahramoni 82-daqiqada gol urgan “bo‘rilar” yarim himoyachisi Joau Moutino bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” 0:1 “Vulverxempton”
Gol: Moutino

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan Bissaka (Elanga, 84), Varan, Jons, Shou, Maktominay, Matich, Grinvud (Fernandesh, 60), Sancho (Reshford, 76), Kavani, Ronaldu.

“Vulverxempton”: Sa, Kilman, Koadi, Saiss, Semedu, Nevesh, Moutino, Marsal, Trinkau (Traore, 66), Ximenes (Silva, 81), Podense (Dendonker, 88).

Uchrashuvdan so‘ng, “Qizil iblislar” bosh murabbiyi Ralf Rangnik mavsum yakunida kuchli to‘rtlikdan joy olish imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Hech narsaga kafolat bera olmayman, bugungi o‘yindan keyin kuchli to‘rtlikka kirishimizga 100 foiz ishonchimiz komil, desam, odamlar bunga ishonishiga shubham bor. Menimcha, biz buni bosqichma-bosqich olib borishimiz va yaxshilanishimiz kerak. Bu qiyin bo‘lishini avvaldan bilardim, lekin bugungi o‘yin hali ko‘p ishlashimiz kerakligini tasdiqladi”, deydi Rangnik.

Ma’lumot uchun, 21-turdan so‘ng, “Manchester Yunayted” 31 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Vulverxempton” 28 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Angliya Prem'er ligasi Vulverxempton Ral'f Rangnik

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing