Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasida to‘p surayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda urilgan gollar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. U faoliyatidagi 807-golini urdi hamda avstriyalik va chexoslovakiyalik hujumchi Yozef Bitsanning rekordini yangiladi.

Ronaldu bu rekordni APL doirasida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda o‘rnatdi. O‘yin 3:2 hisobida “Manchester Yunayted” foydasiga hal bo‘ldi. Mankunianliklar safida barcha gollarga Ronaldu mualliflik qildi.

Ronaldu “Manchester Yunayted” safida 136, “Real” uchun 450, Portugaliya uchun 115 va “Yuventus” uchun 101 ta gol urgan. Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar, Yevropa chempionatlari to‘purari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

711

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing