Ronaldu rasmiy o‘yinlarda 900 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 900-golini urdi. 39 yoshli futbolchi Millatlar ligasining 1-turi doirasidagi o‘yinda Xorvatiya darvozasini ishg‘ol qildi. 

Forvard 34-daqiqada gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi va terma jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Bu gol Ronaldu uchun butun faoliyatidagi 900-gol bo‘ldi. 

Shunday qilib, Krishtianu futbol tarixida rasmiy o‘yinlarda 900 ta gol urishni uddalagan birinchi futbolchiga aylandi. Buning uchun Ronalduga 1237 ta o‘yin yetarli bo‘ldi. Ronaldu hozirga qadar terma jamoa safida 213 o‘yinda 131 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini 8 sentyabr kuni o‘tkazadi. Shu kuni portugallarga Shotlandiya terma jamoasi raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made