Ronaldu Portugaliyadagi eng qimmat uyni sotib oldi 

Sport

image

Portugaliyalik super hujumchi Krishtianu Ronaldu Portugaliyaninig Lissabon Riviyerasidagi eng mashhur kurortlar Kashkaysh  va Eshtoril hududlaridan 11 million yevroga villa sotib oldi. Yana 7 mln yevro ta’mirga sarflanishi kutilyapti.

Ta’mirdan so‘ng Ronalduning villasi 21 million yevrogacha qimmatlashadi va Portugaliyadagi eng qimmat uyga aylanadi. Uy  kelasi yili to‘laqonli qurib bitkaziladi, ya’ni Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan xayrlashish ehtimoli katta bo‘lgan paytda. 

Uch qavatli  villaning umumiy maydoni 2720 kvadrat metrni tashkil qilib, bog‘lar bilan o‘ralgan hamda ajoyib basseynni o‘z ichiga oladi. Yangi uydan Portugaliya poytaxti Lissabongacha 40 daqiqada bosib o‘tiladigan masofa bor.

Lissabon yaqinida bunday qimmat turar joyni sotib olish bir kun kelib Ronaldu professional faoliyatini boshlagan "Sporting"ga ko‘chib o‘tishi mumkinligidan dalolat beradi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

950

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing