Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqiriladi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Germaniyada bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi uchun Portugaliya terma jamoasiga chaqiriladi. Bu haqda “The Athletic” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p surayotgan 38 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasining 23 va 26 mart kunlari Lixtenshteyn hamda Lyuksemburgga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasiga kiritiladi. Bu uchrashuvlar jamoa ustozi Roberto Martines uchun Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki bahslar bo‘ladi.

Ronaldu Portugaliya termasidagi so‘nggi o‘yinini Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 chorak finalida Marokashga (0:1) qarshi o‘tkazgan edi. Martines hujumchini terma jamoaga chaqirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ronaldu joriy mavsum “Al-Nasr” safida umumiy 9 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hozirda “Transfermarkt” portali uning qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing