Ronaldu penaltidan tashqari gollar bo‘yicha Messiga yetib oldi

Sport

image

“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu penaltidan tashqari gollar soni bo‘yicha “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messiga tenglashib oldi. Bu haqda “MessivsRonaldo” X sahifasi xabar berdi.

Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Saudiyaning “Al-Feyha” klubi bilan birinchi uchrashuvda (1:0) gol urdi va shu tariqa, u penaltilarni hisobga olmaganda faoliyatidagi 713-golini urdi. Xuddi shuncha gol Lionel Messi hisobida ham bor.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Al-Nasr”da 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Bungacha portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Real” va “Sporting” klublarida to‘p surgan.

O‘z navbatida, Lionel Messi 2023 yildan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Faoliyati davomida argentinalik futbolchi PSJ va “Barselona”da o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu faoliyatidagi 1000-uchrashuvni o‘tkazgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Inter Mayami Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing