Ronaldu penalti tepishdan avval “Bismilloh” dedimi? (video)

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu penalti tepishdan avval “Bismilloh” so‘zini takrorlagani haqida xabarlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Gap shundaki, kecha, 13 oktyabr kuni Yevro-2024 saralash bosqichi doirasida Portugaliya terma jamoasi Slovakiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda tarkibida Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lgan Portugaliya termasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 18-daqiqasida Gonsalo Ramush hisobni ochgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 29 va 72-daqiqalarda ikkita gol urib, terma jamoaga g‘alaba keltirdi.

Yuqoridagi videoda Ronaldu penalti tepishdan avval 2 marta "Bismilloh" so‘zini ishlatganini payqash mumkin. Futbolchining kamera tasvirlariga tushib qolgan lab harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda Krishtianu Ronalduga nisbatan jismoniy jazo tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, futbolchi imkoniyati cheklangan Fotima ismli rassom qiz bilan uchrashuv vaqtida uni quchoqlab o‘pgani uchun jazoga tortilgan. Endi u Eronga qaytsa, 99 darra uriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Slovakiya Evro-2024 Al-Nasr penal'ti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing