Ronaldu Peledan o‘zib ketdi

Sport

image

“Yuventus” xujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan “Udineze”ga qarshi bahsda dublni rasmiylashtirdi. Natijada portugaliyalik forvard urgan gollarining soni bo‘yicha futbol afsonasi Peledan o‘zib ketdi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ronaldu shu paytgacha 1032 ta rasmiy uchrashuvda 758 ta gol urib, uch karra Jahon chempioniga aylangan Peledan o‘tib ketgan. Pele esa 812 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 757 ta gol urushga muvaffaq bo‘lgan.  

Qayd etish kerakki, “Yuventus” forvardi mutlaq rekordni o‘rnatishi uchun yana 2 ta gol urib, hisobida 759 ta goli bo‘lgan chexiyalik Yozef Bitsanni ortda qoldirishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik hujumchi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 15-turida "Valyadolid"ga qarshi bahsda “Barselona” safidagi 644-golini urib, bir jamoada urilgan gollar soni bo‘yicha 643 ta gol urgan Peleni ortda qoldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu rekord Pele

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing