Ronaldu nima uchun “Bavariya”ga o‘tmagani ma’lum bo‘ldi

Sport 7339
image

Germaniyaning “Bavariya” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni moliyaviy sabablarga ko‘ra sotib olishdan bosh tortdi. Bu haqda “Sport1” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalikning agentlari nemis klubiga Ronalduni sotib olishni taklif qilishgan. Biroq “Bavariya” Krishtianuni sotib olishni istamagan. Sababi bu klubning moliyaviy tuzilmasini buzadi. Qolaversa, “Bavariya” rahbariyati jamoada o‘z manfaatlarini klub maqsadidan ustun qo‘yadigan futbolchining kelishini istamayapti.

Avvalroq, Ronaldu Rimning “Roma” klubiga o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, portugaliyalik iqtidor egasi UEFA Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 297
Reyting: 3
Teglar
t
×