Ronaldu nega o‘z vaqtida “Barselona”ga o‘tmaganini izohladi
Sport
−
04 fevral 2025 9850 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega faoliyatining boshida Lissabonning “Sporting” klubidan Kataloniyaning “Barselona” klubiga o‘tmaganini tushuntirib berdi.
“Sporting”da o‘ynaganimda “Barselona”ga o‘tishim mumkin edi. Ular men bilan shartnoma imzolashni xohladi, lekin bunday bo‘lmadi, chunki “Barselona” men bilan shartnoma imzolab, keyingi yil meni Kataloniyaga olib ketmoqchi edi. “Manchester Yunayted” esa meni darhol olib ketdi”, deydi Ronaldu.
Qayd etish joiz, 5 fevral kuni 40 yoshni qarshi oladigan Ronaldu 2001-2003 yillarda “Sporting” klubi safida to‘p tepgan. 2003 yilda portugaliyalik futbolchi Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga ko‘chib o‘tgan.
39 yoshli Ronalduning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu tarixdagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025