Ronaldu MMA va boksga futboldan ko‘proq qiziqishini aytdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va Italiyaning “Yuventus klubi forvardi Krishtianu Ronaldu “Parallel worlds” nomli hujjatli filmda boks bo‘yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkinga televizor orqali qaysi sport turlarini kuzatishi haqida gapirib berdi.

“Mening ishtiyoqim futbolga, ammo televizorda boshqa sport turlarini ko‘rishni afzal bilaman. Futbol bilan boks yoki UFC’dagi jangni tomosha qilishni tanlash kerak bo‘lsa, men futbolni tanlamasdim”, deydi Ronaldu.

Ronaldu Italiyaning “Yuventus” jamoasida 2018 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Bungacha, u Ispaniyaning “Real”, Angliyaning “Manchester Yunayted” va Portugaliyaning “Sporting” jamoalarida o‘ynagan. 35 yoshli portugaliyalik besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi, uch karra Angliya chempioni va ikki karra Ispaniya hamda Italiya chempionidir. Ronaldu UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa kubogi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi (132 ta gol). So‘nggi 10 mavsumda u olti marta musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MMA

Baholaganlar

517

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing