Ronaldu mashhur soat brendiga 1 milliard dollar sarmoya kiritdi
Sport
−
13 iyul 2023
9662Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu qo‘lsoatlarning onlayn sotuvi bilan shug‘ullanuvchi Chrono24 kompaniyasiga sarmoya kiritdi. Bu haqda kompaniya o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ronaldu kompaniyaga 1 milliard dollar investitsiya kiritgan.
“Hech kim Krishtianu kabi qimmat soatlarga bo‘lgan muhabbatni dunyoga keltira olmaydi. Ronaldu nafaqat buyuk sportchi, balki qimmatbaho tovarlar va texnologiyalarni yaxshi tushunadigan investor”, deydi Chrono24 bosh direktori Tim Strake.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Jacob&Co brendi egasi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Yoqub Arabov Ronalduga Saudiya Arabistonida o‘z brendining soatlar butigi ochilishida 105 ming yevrolik (1 milliard 315 million so‘m) aksessuar sovg‘a qilgandi. Krishtianuga sovg‘a qilingan soatda futbolchining surati bor. Shuningdek, soat 26 ta oq olmos bilan bezatilgan.