Ronaldu maoshining 10 foizinigina “Al-Nasr”dan oladi

Sport

image
0:00
0:00
download

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu maoshining atigi 10 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri klubdan oladi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, forvard maoshning qolgan qismini Saudiya Arabistoni byudjetidan oladi. Avval xabar qilinganidek, Ronalduning “Al-Nasr”dagi maoshi taxminan 217 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik “Al-Nasr” safida Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi “Al-Ittifoq” bilan uchrashuvda debyut qilgandi. O‘sha bahsda Krishtianu jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.  

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni “Al-Ittihod” himoyachisi Marsel Tisseran Ronalduning Saudiyadagi faoliyati bo‘yicha fikr bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing