Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytishi mumkin

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira Twitter'dagi sahifasida xabar bergan.  

Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi allaqachon futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan bog‘lanib, ushbu transfer tafsilotlarini muhokama qilgan. 

Portugaliyalikning "Yuventus" bilan shartnomasi 2023 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi, ammo Turin klubi moliyaviy muammolar tufayli Ronalduni oldinroq sotishi mumkin. 

Futbolchi 2002-2003 yillarda "Sporting"da, 2003 yildan 2009 yilgacha "Manchester Yunayted"da o‘ynagan. 

U 2018 yilda "Real"dan "Yuventus"ga o‘tgan edi. 

Jamoa tarkibida Ronaldu Italiyaning ikki karra chempioniga aylandi. Ushbu mavsumda portugaliyalik hujumchi Italiya chempionatining 28 ta uchrashuvida qatnashdi. Uning hisobida 25 ta gol va 3 ta golli pas bor.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing