Ronaldu “Manchester Yunayted”da nega 7-raqamda to‘p surishiga oydinlik kiritdi

Sport

image

MYU markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun “mankunianliklar” safida 7-raqamda o‘ynashini ma’lum qildi.

“Ko‘pchilik “Manchester Yunayted”da bu raqam afsonaviy ekanligini biladi. “Qizil iblislar” bilan birinchi marta shartnoma imzolaganimda, “Old Trafford”ning to‘lganini ko‘rib juda  hayajonlangandim. Manchesterda talabchan muxlislar bor. Men bu raqamning jamoadagi tarixini bilardim, ammo 7-raqamning ma’suliyati katta bo‘lsada o‘zimni hotirjam tutdim. Murabbiy meni bu raqamda o‘ynab keta olishimga ishongan edi”, deya 37 yoshli hujumchining so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida portugaliyalik futbolchi 9 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Ayni vaqtda "Transfermarkt" portali 37 futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

40

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing