Ronaldu klubni boshqarmaydi – “Al-Nasr” bosh direktori

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi futbolchisi Krishttianu Ronaldu klubni boshqaruv ishlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda jamoa bosh direktori Gido Finga ma’lum qildi.

Fingaga ko‘ra, Ronaldu jamoaning yetakchi futbolchisi va u nafaqat texnik nuqtai nazardan, balki o‘zini tutishi bilan ham dunyoning eng kuchli futbolchisi hisoblanadi.

“Krishtianu Ronaldu klubni boshqarmaydi. U dunyoning birinchi raqamli futbolchisi. U qaysi yo‘nalishda borishimiz kerakligini biladi va biz u bilan o‘z oldimizga maqsad qo‘yganmiz, unga erishmoqchimiz. Ronaldu qanday g‘alaba qozonish kerakligini juda yaxshi biladi va biz undan g‘alaba qozonishni o‘rgatishini so‘raymiz. Biz bu yil u bilan birga ko‘plab g‘alabalarga erishdik va eng muhim maqsadga erishdik. Krishtianu jamoaning bir qismi va biz u bilan birga ekanligidan juda xursandmiz”, deydi “Al-Nasr” bosh direktori.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yilning yanvaridan buyon Saudiya klubida to‘p tepmoqda. Uning Riyod klubi bilan shartnomasi  2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Hozirga qadar Krishtianu “Al-Nasr”da  69 ta o‘yinda ishtirok etib, 62 ta gol urdi va 17 golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing