Fransiya Turkiyaga qarshi sanksiya taklif qilyapti
Olam
−
19 Oktabr 2019
3972Fransiya Parlamentariylari Yevropa Ittifoqini Suriyadagi harbiy operatsiyasi uchun jazo sifatida Anqaraga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llashga chaqirmoqda. Bu haqda Vesti xabar bermoqda.
Deputatlar allaqachon rasmiylarga tegishli murojaatni yo‘llagan va unda Turkiyaning NATOga a’zoligini to‘xtatishni taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, ular Parij va Bryusselga Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha barcha muzokaralarni to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni qat’iy tavsiya qiladi hamda Anqaraga har qanday moliyaviy yordamni to‘xtatishni aytmoqda.
Bryusselda YeI sammiti ishtirokchilari Suriyadagi Turkiya operatsiyasini qoralagan. Chexiya Prezidenti hatto bu ishni harbiy jinoyat deb ham atagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr