Ronaldu qishda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin
Sport
−
12 noyabr
10505“Al-Nasr” klubining portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldu qishda “Al-Hilol” a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Hilol” Neymar bilan shartnomani bekor qila olsa, yanvar oyida Krishtianuni olib kelishga harakat qiladi, biroq Ronalduning opasi Katya Aveyro ukasining “Al-Hilol”ga o‘tishi haqidagi posti ostiga bunday mazmundagi xabarlar ishonchsiz ekanligini bildirdi.
“Nimalarni yozyapsan? Futbol haqida hech narsani tushunmasang kerak. Menga qo‘ng‘iroq qilganingda, men senga bu jamoalar o‘rtasidagi raqobat va bu o‘tishning amalga oshish ehtimoli haqida aytib berardim”, deb yozdi Aveyro.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar sobiq klubi Braziliyaning “Santos” jamoasiga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.